Luis Enrike Pep Gvardiolaning tarixiy rekordini takrorladi
FOTO: Getty Images
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike futbol tarixida ikki xil klub bilan treblga erishgan ikkinchi murabbiyga aylandi. Bu haqda Squawka nashri xabar bermoqda.
PSJ o'tgan mavsum Chempionlar Ligasida g'alaba qozondi, Fransiya chempionligini qo'lga kiritdi, shuningdek, Fransiya Kubogiga ega chiqdi.
Eslatib o'tamiz, Enrike 2014/2015-yilgi mavsumda “Barselona” bilan treblga erishgandi.
Luis Enrikedan oldin ikki xil jamoa bilan trebl yutgan murabbiy Xosep Gvardiola bo'lgan. Ispaniyalik mutaxassis 2008/2009-yilgi mavsumda “Barselona” va 2022/2023-yilgi mavsumda “Manchester Siti” bilan bunday natijaga erishgan edi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist