Luis Enrike murabbiylik faoliyatini qachon yakunlamoqchi ekanini aytdi
"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike murabbiylik faoliyatini qaysi yoshgacha davom ettirishni rejalashtirayotgani haqida fikr bildirdi.
56 yoshli mutaxassis bu masala haqida tez-tez o'ylashini ta'kidlab, hazilomuz tarzda o'z pozitsiyasini tushuntirdi:
"Juda yaxshi savol, chunki men ham bu haqida o'ylayman. Men xotinimga aytaman: “Men o'sha doim nolib o'tiradigan qari murabbiyga aylanishni istamayman”. Bunday bo'lishni xohlamayman, lekin murabbiylikda bundaylar ko'pligini ko'ryapman.
Menimcha, oltmish yoshdan keyin… hatto hazil tariqasida ukam Felipaga aytaman: “Men sendan oldin nafaqaga chiqishim kerak”. U mendan bir yosh kichik — 55 yoshda va 61 yoshda nafaqaga chiqadi… endi o'zing hisoblab ko'r", — dedi u.
Ma'lumot uchun, Luis Enrikenning "PSJ" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.