locale OZ

Luis Enrike Messini qanday qilib to'xtatish mumkinligini aytdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Luis Enrike Messini qanday qilib to'xtatish mumkinligini aytdi
FOTO: Getty Images
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati
29.06.2025, Yak.
Paris Saint-Germain
4
Inter Miami CF
0

PSJ klubi bosh murabbiyi Luis Enrike Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatining 1/8 finalidan o'rin olgan “Inter Mayami”ga qarshi bahs oldidan Lionel Messini qanday to'xtatish mumkinligi haqida fikr bildirdi.

“Agar biz Lionel Messini to'xtatmoqchi bo'lsak, buni bitta futbolchi bilan qilishning iloji yo'q. Chunki shunday qilishga harakat qilsak, muvaffaqiyatsizlikka uchraymiz. Biz jamoaviy himoyalanishimiz kerak.

Hamma himoyalanishga tayyor bo'lishi kerak, hamma nazoratga, to'pni o'z vaqtida ushlab turishga va tez-tez to'p uzatishga tayyor bo'lishi kerak. Biz individual tarzda emas, balki bir jamoa bo'lib harakat qilishimiz kerak”, - deydi Enrike.

Eslatib o'tamiz, Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatining 1/8 finalidan o'rin olgan PSJ - “Inter Mayami” o'yini bugun, 29-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:09 da bo'lib o'tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting