Luis Enrike «Marsel» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng: «Hech kim bayram qilmasin! Ertaga mashg‘ulot»
«PSJ» bosh murabbiyi shogirdlariga hazilomuz murojaat qildi.
FOTO: Getty Images
«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Fransiya chempionatining 21-turi doirasida «Marsel» ustidan qozonilgan yirik g‘alabadan (5:0) so‘ng o‘z futbolchilariga hazilomuz tarzda murojaat qildi.
«Hech kim bayram qilmasin! Ertaga mashg‘ulot. Agar xohlasangiz, kelishingiz mumkin», — deya Enrikuning so‘zlarini keltirmoqda Footmercato nashri.
Fransiya chempionatining 21-turidan so‘ng «PSJ» 51 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. «Marsel» esa 39 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onadan joy olgan.
Maʼlumot uchun, «PSJ» oʻzining navbatdagi oʻyinini 13 fevral kuni safarda «Renn»ga qarshi oʻtkazadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist