locale OZ

Luis Enrike: «Kompani — elit darajadagi murabbiy»

«PSJ» bosh murabbiyi «Bavariya» ustozi haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Luis Enrike: «Kompani — elit darajadagi murabbiy»
FOTO: Getty Images

«Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Luis Enrike UEFA Chempionlar Ligasi yarimfinali doirasidagi «Bavariya»ga qarshi birinchi o‘yin oldidan hamkasbi Vensan Kompani haqida iliq fikrlarni bildirdi. Mazkur uchrashuv bugun, 28 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

«Vensan Kompani — elit darajadagi murabbiy, u buni Angliyada isbotlab bo‘lgan. U «Bavariya»ga o‘tganidan so‘ng, jamoa qanday shaklda ekanligi boshidanoq ko‘rindi.

«Bavariya» — men o‘yinlarini tomosha qilishni eng ko‘p yoqtiradigan jamoalardan biri, chunki ular doimo hujumkor futbol namoyish etishadi. Umuman olganda, menga barcha murabbiylar yoqadi, lekin ayniqsa hujumkor uslubdagi mutaxassislarni hurmat qilaman, u ham ana shundaylardan biri», — deya Luis Enrikening so‘zlarini keltirmoqda RMC Sport nashri.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting