locale OZ

Luis Enrike: “Inter Miami”ning darajasi umuman boshqacha”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Luis Enrike: “Inter Miami”ning darajasi umuman boshqacha”
Photo: Getty Images

“PSJ” bosh murabbiyi Luis Enrike “Inter Miami”ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

"Futbolda istalgan odam 10 soniyaga bo‘shashsa, albatta, jazoni oladi. Men ushbu jamoaning o‘yin falsafasiga hech qanday shubha bilan qaramayman. "Inter Miami"ning guruhdagi uch o‘yinini kuzatdim, ularning darajasi umuman boshqacha.

O‘yin davomida ularga pressing uyushtira olmasak, raqibga bosim bera olmaymiz. Raqibdan to‘pni olib qo‘ya olmasak, bizga juda qiyin bo‘ladi. Buskets hamon o‘sha darajada o‘ynamoqda. Futboldagi barcha muxlislar Leo Messi va Jordi Alba o‘rtasidagi bog‘liqlikni yaxshi bilishadi va bu har o‘yinda takrorlanadi. Maskerano kabi murabbiylarga qarshi biz o‘z darajamizni saqlab qolishimiz kerak. Aks holda, ular bizni osonlikcha mag‘lub qilishadi", — deya Enrikening so‘zlaridan keltiradi ESPN.

Eslatib o‘tamiz, bugun jamoalar klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining 1/8 finalida o‘zaro kuch sinashadi. Bahs 21:00da start oladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting