Luis Enrike — Goal talqiniga ko'ra mavsumning eng yaxshi murabbiyi
Mikel Arteta ikkinchi o‘rinni egalladi.
ФОТО: Getty images
Goal portali 2025/26 yilgi mavsumning eng yaxshi murabbiylari reytingini e'lon qildi.
Unga ko'ra, «PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike mavsumning eng yaxshi mutaxassisi deb topildi.
Ikkinchi o‘rinni Londondagi «Arsenal» klubi ustozi Mikel Arteta egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikni «Bavariya» murabbiyi Vensan Kompani yakunlab berdi.
Goal talqiniga ko‘ra mavsumning eng yaxshi murabbiylari:
1) Luis Enrike («PSJ»)
2) Mikel Arteta («Arsenal»)
3) Vensan Kompani («Bavariya»)
4) Unai Emeri («Aston Villa»)
5) Sesk Fabregas («Como»)
6) Hans-Diter Flik («Barselona»)
7) Kristian Kivu («Inter»)
8) Andoni Iraola («Bornmut»)
9) Franchesko Faroli («Portu»)
10) Per Saj («Lens»)
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist