locale OZ

Luis Enrike: «Futbolchilar bilan hazillashishni yaxshi ko‘raman»

«Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa futbolchilari bilan o‘zaro munosabatlari haqida gapirdi.
Luis Enrike: «Futbolchilar bilan hazillashishni yaxshi ko‘raman»
photo: gettyimages

Luis Enrike: «Futbolchilar bilan hazillashishni yaxshi ko‘raman»

«Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa futbolchilari bilan o‘zaro munosabatlari haqida gapirdi.

«Kulishni, hazillashishni va futbolchilarga yaqin bo‘lishni yaxshi ko‘raman. Bu menga kuch-g‘ayrat bag‘ishlaydi. Ular bilan bir to‘lqinda bo‘lishni, hazillashib turishni va barcha vaziyatlarni birga boshdan kechirishni istayman. Ba’zan Vitinya menga: “Hozir jiddiy gapiryapsizmi yoki hazil qilyapsizmi, tushunmayapman”, deydi. Men esa unga: “O‘zing hal qil”, deb javob beraman. Futbolchilar bilan shunday munosabatda bo‘lish menga yoqadi», — deya ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Le Meilleur du PSG.

Luis Enrike 2023 yil yozidan buyon «PSJ»ni boshqarib kelmoqda. U parijliklar bilan birga 13 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Ular orasida Chempionlar ligasida ketma-ket ikki marta qozonilgan g‘alaba ham bor.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting