locale OZ

Luis Enrike Dro Fernandesga jiddiy ogohlantirish berdi

“Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi joriy mavsumda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda.
Luis Enrike Dro Fernandesga jiddiy ogohlantirish berdi
Foto: Getty Images

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike jamoaning 18 yoshli yarim himoyachisi Dro Fernandesning rivojlanishidan to‘liq qoniqmayapti. “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi joriy mavsumda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda. El Nacional nashriga ko‘ra, murabbiy futbolchidan jismoniy tayyorgarlik, konsentratsiya va mashg‘ulotlardagi barqarorlikni oshirishni talab qilgan.

Manbaga ko‘ra, Luis Enrike Droga aniq talab qo‘ygan: u jismoniy holatini yaxshilashi, bor e’tiborini futbolga qaratishi va har kuni asosiy tarkib uchun kurashishga tayyor ekanini isbotlashi kerak. Aks holda, PSJ futbolchi bilan xayrlashish variantini ko‘rib chiqishi mumkin.

Shu bilan birga, murabbiy yosh futbolchining iste’dodini yuqori baholaydi. Dro to‘p bilan ishlash va ijodkorlik borasida kuchli, biroq Luis Enrike uchun buning o‘zi yetarli emas — uning tizimida yuqori temp, pressing va jismoniy intensivlik katta ahamiyatga ega. Bir necha hafta avval murabbiy Dro yaxshi o‘ynayotgani va imkoniyatga munosib bo‘lsa, maydonga tushishini ta’kidlagan edi.

Ma’lumot uchun, Dro Fernandes 2026-yil yanvarida “Barselona”dan PSJga o‘tgan. 18 yoshli ispaniyalik futbolchi joriy mavsumda Liga 1 va Chempionlar ligasida maydonga tushib, “Slovan Bratislava”ga qarshi uchrashuvda 90 daqiqa o‘ynagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting