Luis Enrike «Chelsi» bosh murabbiyiga aylanishi mumkin — manba
Londonliklar Liam Rosenyorning kelajagi borasida jiddiy xavotirda.
FOTO: Getty Images
«Chelsi» klubi bosh murabbiyi Liam Rosenyorning kelajagi borasida jiddiy xavotirlar mavjud. Bu haqda indykaila News nashri xabar bermoqda.
Manbaning qayd etishicha, London klubi rahbariyati Rosenyorga o‘rinbosar sifatida «PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrikeni ko‘rib chiqmoqda. Ta’kidlanishicha, angliyalik mutaxassis o‘z vaqtida Fransiyaning «Strasbur» klubini boshqarganligi bois, faoliyatini yana shu mamlakatda davom ettirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 14 mart, shanba kuni «Chelsi» Liam Rosenyor qo‘l ostida Angliya Premyer-ligasining 30-turida «Nyukasl»ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Luis Enrikening «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist