Luis Enrike: «Bunday natija hafsalani pir qiladi, chunki bizga haqiqatan ham uch ochko kerak edi»
“PSJ” bosh murabbiyi Luis Enrike Liga 1 ning 32-turidan o‘rin olgan “Loryan”ga (2:2) qarshi o‘yindan so‘ng jamoaning motivatsiyasidagi qiyinchiliklar haqida gapirdi.
“Ajoyib muhitda o‘tgan “Bavariya”ga qarshi shunday muhim o‘yindan so‘ng chempionatdagi ishlarga qaytish qiyin. Bu motivatsiya nuqtayi nazaridan oson vazifa emas.
Bunday natija hafsalani pir qiladi, chunki bizga haqiqatan ham uch ochko kerak edi. Biz seshanba kungi o‘yinda asosiy tarkibda bo‘lgan faqat ikki nafar futbolchini maydonga tushirdik va o‘yin borishini o‘zimiz xohlagandek nazorat qilishga harakat qildik. Biz g‘alaba qozonishni xohlagandik, ammo bu imkoniyatni qo‘ldan boy berdik”, — dedi Enrike matbuot anjumanida.
“PSJ” va “Bavariya” o‘rtasidagi javob o‘yini chorshanba, 6-may kuni bo‘lib o‘tadi.