Luis Enrike: «Bu Yevropaning eng kuchli ikki jamoasi oʻrtasidagi bahs boʻladi»
«Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Luis Enrike UEFA Chempionlar Ligasining 1/2 finali doirasida Myunxenning «Bavariya» jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan birinchi o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uchrashuv bugun, 28 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
«Barcha jamoalar mavsumning yakuniy qismiga eng yaxshi holatda yetib kelishga harakat qiladi. Kenter Ndjantudan tashqari hamma futbolchilarimiz tayyor. Aynan Chempionlar ligasining sehri o‘yinchilarni ruhlantiradi. Biz hozir juda yaxshi holatdamiz.
Bu Yevropaning eng kuchli ikki jamoasi o‘rtasidagi bahs bo‘ladi, garchi «Arsenal» ham ajoyib mavsumni o‘tkazayotgan bo‘lsa-da. Barqarorlik borasida «Bavariya», ehtimol, bizdan biroz oldindadir, chunki ular bor-yo‘g‘i ikkita o‘yinda mag‘lub bo‘lishdi. Ammo ko‘rsatayotgan o‘yin darajamiz bo‘yicha bizdan yaxshiroq jamoa yo‘q», — deya Enrikening so‘zlarini keltirmoqda RMC Sport nashri.