locale OZ

Luis Enrike: «Biz yana g‘alaba qozonishni istaymiz, ammo bu oson bo‘lmaydi»

"PSJ" ustozi "Aston Villa"ga qarshi bahs oldidan fikr bildirdi.
Luis Enrike: «Biz yana g‘alaba qozonishni istaymiz, ammo bu oson bo‘lmaydi»
ФОТО: Getty images

"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike "Aston Villa"ga qarshi UEFA Superkubogi o‘yini oldidan jamoaning maqsadlari va motivatsiyasi haqida fikr bildirdi.

«Albatta, biz boshidanoq oldimizga juda katta maqsadlarni qo‘yganmiz va hozir ham shu ruhda davom etmoqchimiz. Vaziya o‘zgardi va endi hamma bizni favorit deb hisoblamoqda. Ammo bu faqat nazariya. Biz maydonda haqiqatan ham ushbu maqomga loyiq ekanligimizni isbotlashimiz kerak.

Biz yana g‘alaba qozonishni istaymiz, ammo bu oson bo‘lmaydi. Tarix buni bir necha bor ko‘rsatgan», – deya Luis Enrikenin so‘zlarini "PSJ" matbuot xizmati keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, UEFA Superkubogi uchun "PSJ" va o‘tgan mavsumda Yevropa Ligasida g‘olib bo‘lgan "Aston Villa" o‘zaro bahs olib boradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting