locale OZ

Luis Enrike: «Biz jarohat olgan har bir futbolchi bilan maksimal darajada ehtiyotkor boʻlishimiz shart»

«PSJ» bosh murabbiyi Dembelening ahvoli haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Luis Enrike: «Biz jarohat olgan har bir futbolchi bilan maksimal darajada ehtiyotkor boʻlishimiz shart»
FOTO: Getty Images

«Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Luis Enrike vinger Usmon Dembele tiklanish jarayoni haqida fikr bildirdi.

«Biz uning optimal holatda qaytishi buni istaymiz. Bu vaziyat ham jamoa, ham uning o‘zi uchun yoqimsiz. Biz Dembele jamoaga qanchalik katta foyda keltira olishini juda yaxshi bilamiz. Ammo hozircha uning yo‘qligini qabul qilishimiz va u eng yaxshi holatda qaytishi uchun barcha choralarni ko‘rishimiz kerak.

So‘nggi kunlarda u betob bo‘lib qoldi, shundan keyin yana individual mashg‘ulotlarga qaytdi — bu tiklanish jarayonining bir qismi. Biz jarohat olgan har bir futbolchi bilan maksimal darajada ehtiyotkor bo‘lishimiz shart», — dedi Enrike klub rasmiy saytida e’lon qilingan intervyusida.

Bugun, 13 dekabr kuni «PSJ» Liga 1 doirasida safarda «Mets»ga qarshi maydonga tushadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting