locale OZ

Luis Enrike: \"Bajarishimiz kerak bo'lgan missiyamiz amalga oshdi\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Luis Enrika: "Bajarishimiz kerak bo'lgan missiyamiz amalga oshdi"
Photo: gettyimages

Yevropa chempionlar ligasi yarim final dastlabki uchrashuvining “Arsenal” hamda “PSJ” jamoalari o'rtasidagi qarama-qarshilikdan so'ng, mehmonlar bosh murabbiyii Luis Enrike ishtirok etdi

“Dembele haqida hech narsa ayta olmayman. Ertaga shifokorlar tekshiruvidan o'tadi va shundan keyingina hammasini bilib olamiz. Stadiondagi muhit zo'r darajada bo'ldi, u yerdagi shovqin insonni kar qilar darajada va bizga qaratilgan edi. Tezkor gol bizga hotirjamlik va tartib berdi. Ikkinchi bo'limda ”Arsenal" biroz domenantlik qildi.

O'ylashimcha jamoamdan olgan hissiyotlarimni bo'lishdim. Bugun kerakli paytda barchamiz ortga qaytgan holda himoyada ham vaqti kelganda hujumda ham ajoyib harakatlana oldik. “Arsenal”ni ochiq o'yin qilishiga yo'l qo'yib berib bo'lmas edi, Saka yoki Odegard kabi futbolchilari bor bo'lgan jamoaga qarshi o'yinda ko'pchiliklashib himoyalanishni maqul ko'rdik.

Menimcha bugunga bajarishimiz kerak bo'lgan missiyamiz amalga oshdi. Bugun biz durrang o'ynashimiz ham, 2:0 ga yutishimiz ham, yoki mag'lubiyat bilan ortga qaytishimiz ham mumkin edi. Hali hech narsa hal emas, hammasiga Parijda oydinlik kiritamiz. Bugun 14 yoki 15 futbolchini yaxshi o'ynadi deb aytgan bo'lardim, aynan qaysidir birini emas. To'g'ri kimdir boshqasidan biroz o'zini yaxshiroq ko'rsatgandir, lekin bugun jamoa mehnat qildi",-deydi mutaxassis

Eslatib o'tamiz yarim finalning birinchisida “PSJ” 0:1 hisobida “Arsenal”dan ustun keldi va keyingi hafta bo'ladigan javob bahsidan oldin yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting