locale OZ

Luis Dias Kolumbiya terma jamoasining 60 yillik rekordini takrorladi

Ilk turda Kolumbiya Oʻzbekistonni ishonchli hisobda magʻlub etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Luis Dias Kolumbiya terma jamoasining 60 yillik rekordini takrorladi
FOTO: Getty Images

Kolumbiya terma jamoasi vingeri Luis Dias Jahon chempionati guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan O‘zbekistonga qarshi uchrashuvda (3:1) o‘ziga xos tarixiy ko‘rsatkich qayd etdi. Mazkur o‘yinda bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan futbolchi, 1966-yildan buyon o‘zi uchun debyut hisoblangan JCh bahsida «gol+pas» tizimida ochko ishlagan ilk kolumbiyalik o‘yinchiga aylandi. Bu haqda OptaJose tahliliy sahifasi X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

«K» guruhi 2-turida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 23-iyun kuni Portugaliyaga qarshi, 3-turda esa 28-iyun kuni DR Kongoga qarshi maydonga tushadi. Kolumbiya esa 2-turni 24-iyun kuni DR Kongoga qarshi, guruhdagi so‘nggi o‘yinini esa 28-iyun kuni Portugaliyaga qarshi o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, JCh-2026 guruh bosqichi o‘yinlari 11-iyundan 27-iyungacha davom etadi. Unda jamoalar aylanma tizimda (har biri uchtadan uchrashuv) o‘zaro bahs olib borishadi. Yakunda har bir guruhdan dastlabki ikki o‘rinni egallagan terma jamoalar, shuningdek, uchinchi o‘rinni band etgan eng yaxshi 8 ta jamoa pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting