locale OZ

Luis Dias kelajagi borasida bir qarorga keldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Luis Dias kelajagi borasida bir qarorga keldi
Photo: Getty Images

“Liverpul”ning kolumbiyalik hujumchisi Luis Dias klubda qoladi. Bu haqda Diario Sport nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Barselona” klubi 28 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqib qolgan edi. Diasning o‘zi esa “Barsaga” o‘tish fikridan voz kechishga qaror qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Luis “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Uning “qizillar” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyuniga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining transfer narxi 85 million yevroga teng.

Joriy mavsumda Luis Dias “Liverpul” safida barcha musobaqalarda 47 ta o‘yinda qatnashib, 16 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting