Luis Dias Chempionlar ligasida uch oʻyinga diskvalifikatsiyasi qilindi
UEFA «Bavariya» hujumchisi Luis Diasni Chempionlar Ligasida 3 o‘yinga diskvalifikatsiya qildi.
Jurnalist Kristian Falkning yozishicha, bu qarorga kelinishiga Diasning Ashraf Hakimiga nisbatan ishlatgan qoidabuzarligi sabab boʻlgan.
Manbaga ko‘ra, Myunxen klubi futbolchi faqat bitta o‘yinga chetlatiladi deb kutgan. Nemis klubi UEFAdan qarorning yozma izohini so‘ragan. Ta’kidlanishicha, «Bavariya» apellyatsiya arizasi berishni rejalashtirmoqda.
Shu tariqa, hujumchi klub safida Chempionlar Ligasi o‘yinlarida yanvar oyi oxirigacha maydonga tushmasligi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Dias «PSJ»ga qarshi oʻyinning 45+3 daqiqada Hakimiga qarshi qoida buzganligi uchun qizil kartochka olgandi. Parijliklar himoychisining to‘pig‘ida chanoq dislokatsiyasi aniqlangan.