locale OZ

Luis Dias – «Bavariya» futbolchisi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Luis Dias – «Bavariya» futbolchisi
Photo: Getty Images

"Liverpul"ning chap qanot vingeri Luis Dias rasman Myunxenning "Bavariya" klubi futbolchisiga aylandi. Transferni jamoa matbuot xizmati tasdiqladi.

Transfer qiymati 70 mln yevroga baholanmoqda, yangi klub bilan 4 yillik shartnoma imzolangan. U Myunxen klubi safida yiliga 14 million yevro maosh oladi.

28 yoshli Dias "Liverpul" safida uch yarim yil davomida to‘p tepgan. U Mersisayd klubiga 2022 yilning qishida "Portu"dan ko‘chib o‘tgan.

Dias Kolumbiya terma jamoasi futbolchisi bo‘lib, u Lotin Amerikasi terma jamoasi safida 63 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urgani bilan ajralib turadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting