Luis Dias – \"Bavariya\" futbolchisi (Romano)
Photo: Getty Images
"Bavariya" tez orada Luis Diasning transferini e’lon qiladi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Myunxen klubi 28 yoshli hujumchi uchun “Liverpul”ga 75 million yevro (bonuslar bilan birga) to‘lashga tayyor.
Hozirda "Bavariya" va "Liverpul" klublari bonuslar borasida muzokara olib bormoqda. Barcha shartlar kelishilgandan so‘ng Dias tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Jurnalistning ta’kidlashicha, kolumbiyalik vinger amaldagi BundesLiga chempionlari bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekadi.
Eslatib o‘tamiz, Dias mersisaydliklar safida umumiy 3,5 mavsum davomida 148 o‘yinda maydonga tushib, 41 ta gol va 23 ta assist qayd etdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist