locale OZ

Luis Dias: «Bavariya» bilan ko‘proq unvonlarni yutmoqchiman»

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Luis Dias: «Bavariya» bilan ko‘proq unvonlarni yutmoqchiman»
Photo: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi Germaniya superkubogida g‘alaba qozondi. Hal qiluvchi o‘yinda klub «Shtutgart»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Gollar Garri Keyn va Luis Dias hisobiga yozildi. Kolumbiyalik futbolchi bu g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bavariya» bilan ko‘proq unvonlarni qo‘lga kiritmoqchiman. Men yirik turnirlarda g‘alaba uchun kurashadigan klubni tanlashga harakat qildim. Bu yerga kelganimdan xursandman», — deya Diasning so‘zlaridan keltiradi Bundesliga rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» iyul oyi oxirida uni «Liverpul»dan 70 million yevro evaziga sotib olgandi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting