locale OZ

Luis de la Fuente: «Lamin nihoyat yana ideal jismoniy holatga qaytdi»

Ispaniya bosh murabbiyi jamoa yulduzi haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Luis de la Fuente: «Lamin nihoyat yana ideal jismoniy holatga qaytdi»
FOTO: Getty Images

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente futbol boʻyicha 2026-yilgi Jahon chempionati «H» guruhi 2-turi doirasida Saudiya Arabistoni milliy jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda (4:0) Lamin Yamal va Mikel Oyarsabalning oʻyiniga baho berdi.

«Lamin nihoyat yana ideal jismoniy holatga qaytdi va butun oʻyin davomida harakat qilishga qodir. Mikelga keladigan boʻlsak — unda kichik qiyinchiliklar bor edi, tafsilotlarga chuqur kirishish shart emas, lekin u har doim eng yuqori darajadagi oʻyinni namoyish etadi.

Albatta, biz oʻyin qanday tus olayotganini kuzatishimiz kerak edi, biroq bugun maqsadimiz sari muhim qadam tashlandi. Lamin yana ideal formasiga kirdi, uni oʻyin davomida almashtirganimiz ham yaxshi boʻldi, shunda u yanada koʻprogʻiga intilishda davom etadi», — deya de la Fuentening soʻzlaridan iqtibos keltirmoqda FIFA rasmiy sayti.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting