Luis de la Fuente Jahon chempionatlari tarixida rekord o‘rnatdi
Shu paytgacha bu natija Visente del Boskega tegishli edi.
ФОТО: Getty images
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Jahon chempionatlari tarixida eng yoshi ulug‘ chempion murabbiyga aylandi.
Ispaniya finalda Argentinani qo‘shimcha bo‘limlarda 1:0 hisobida mag‘lub etib, ikkinchi bor jahon chempioni bo‘lgach, 65 yosh va 28 kunlik de la Fuente ushbu rekordni o‘z nomi bilan bog‘ladi.
Shu paytgacha bu natija ispan mutaxassisi Visente del Boskega tegishli edi. U 2010-yilgi Jahon chempionatida Ispaniya bilan g‘olib chiqqan vaqtda 59 yosh-u 220 kunlik bo‘lgan.
Luis de la Fuente Ispaniya terma jamoasini 2023-yilning yanvaridan buyon boshqarib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2028-yil 31-iyulgacha mo‘ljallangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist