Luis de la Fuente: «Biz ko‘prog‘ini xohlaymiz»
Ispaniyaning o‘rtoqlik o‘yinlarisiz mag‘lubiyatsiz seriyasi 29 uchrashuvga yetdi.
ФОТО: Getty images
Luis de la Fuente Ispaniya terma jamoasining JCh-2026 saralashidan o‘rin olgan Bolgariyaga (4:0) qarshi bahsidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, ispaniyaliklarning o‘rtoqlik o‘yinlarisiz mag‘lubiyatsiz seriyasi 29 uchrashuvga (24 g‘alaba, 5 durang) yetdi va 2010-2013 yillarda Visente del Boske davrida o‘rnatilgan rekordni takrorladi.
"Biz Ispaniya terma jamoasining rekord seriyasini takrorladik, ammo bu mening emas, futbolchilarning xizmati. Shunday bo‘lsa-da, biz ko‘proq narsani xohlaymiz. Bu jamoa, bu jamoa yangi g‘alabalar, yangi yutuqlar uchun kurashishdan charchamaydi," — dedi Ispaniya terma jamoasi ustozi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist