locale OZ

Luis de la Fuente: «AI-modellardan ko‘ra ko‘proq insonlarga ishonaman»

Ispaniya bosh murabbiyi JCh-2026'dagi imkoniyatlarini baholadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Luis de la Fuente: «AI-modellardan ko‘ra ko‘proq insonlarga ishonaman»
FOTO: Getty Images

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Jahon chempionati favoritlarini aniqlashda sun’iy intellekt modellaridan ko‘ra ko‘proq insonlarga ishonishini ma’lum qildi.

«Sun’iy intellekt — kelajak, nazarimda bu ajoyib, lekin men insonlarga ko‘proq ishonaman. Professional mutaxassislar yoki ommaviy axborot vositalari nima deyayotganini ko‘proq qadrlayman.

Mening fikrimcha, bu safargi Jahon chempionati tarixiy voqea bo‘ladi, chunki juda ko‘p jamoalarda — Fransiya, Angliya, Argentina, Braziliya, Marokash, Ispaniya, Portugaliya, Senegalda g‘alaba uchun imkoniyat bor… Bu juda og‘ir Jahon chempionati bo‘ladi, biroq biz ham chempionlik uchun kurasha olishimizni his qilyapmiz», — deya de la Fuentening so‘zlarini keltiradi Marca nashri.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Opta superkompyuteri Ispaniya terma jamoasini JCh-2026 favoriti deb atagan va uning chempionlik imkoniyatini 16,1% ga baholagan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting