locale OZ

«Lugano» Behruz Karimovning transferini e’lon qildi

19 yoshli Karimov “Lugano” bilan 2031-yil 30-iyungacha amal qiladigan besh yillik shartnomaga imzo chekdi.
“Lugano” Behruz Karimovning transferini e’lon qildi
ФОТО: Getty images

Shveytsariyaning “Lugano” klubi Behruz Karimovni to‘liq transfer qilganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonlik yosh o‘ng qanot himoyachisi “Surxon”dan Tessinga ko‘chib o‘tdi. 19 yoshli Karimov “Lugano” bilan 2031-yil 30-iyungacha amal qiladigan besh yillik shartnomaga imzo chekdi.

Karimov O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi hisoblanadi va yaqinda Fabio Kannavaro boshqarayotgan terma jamoa tarkibida AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida ishtirok etdi. Unda yosh himoyachi 2006-yilgi jahon chempioni bo‘lgan italiyalik mutaxassis ishonchini qozonib, Kolumbiya va Portugaliyaga qarshi o‘yinlarda maydonga tushdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting