locale OZ

Lotar Matteus: \"Mbappe Desham davrida Fransiya terma jamoasining haqiqiy yetakchisiga aylandi\"

ermaniya futboli afsonasi Mbappening o‘yini va jamoaga ta'siri haqida yuqori fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lotar Matteus: "Mbappe Desham davrida Fransiya terma jamoasining haqiqiy yetakchisiga aylandi"
Foto: Getty Images

Germaniya futboli afsonasi Lotar Matteus Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening o‘yini va jamoaga ta'siri haqida yuqori fikr bildirdi.

Matteusning ta'kidlashicha, Didye Desham boshqaruvida Mbappe nafaqat jamoaning asosiy to‘purariga, balki haqiqiy yetakchisiga ham aylangan.

"Mbappe Desham davrida Fransiya terma jamoasining haqiqiy yetakchisiga aylandi. U endi faqat gol uradigan futbolchi emas, balki butun jamoani ortidan ergashtira oladigan lider," — dedi Matteus.

Germaniyalik sobiq futbolchi Mbappening JCh-2026dagi o‘yinlarini ham alohida e'tirof etib, uning maydondagi mas'uliyati va sardor sifatidagi harakatlari Fransiyaning muvaffaqiyatida muhim omillardan biri bo‘layotganini ta'kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Kilian Mbappe JCh-2026 davomida Fransiya terma jamoasining eng sermahsul futbolchilaridan biri bo‘lib turibdi. Desham boshchiligidagi "Les Bleus" ketma-ket uchinchi bor Jahon chempionati yarim finaliga yo‘l oldi va final yo‘llanmasi uchun Ispaniyaga qarshi bahs olib boradi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting