locale OZ

Los-Anjelos-2028: Olimpiya o'yinlarida futbol jamoalarining soni qisqardi

Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Los-Anjelos-2028: Olimpiya o'yinlarida futbol jamoalarining soni qisqardi
FОТО: Olympic.com

2028-yil Los-Anjelosda bo'lib o'tadigan yozgi Olimpiya o'yinlarining dasturlariga bir qator o'zgartirishlar kirilmoqda. Jumladan, futbol bahslarida erkaklar uchun 12 ta, ayollar uchun 16 ta kvota ajratiladi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

So‘nggi Olimpiya o‘yinlarida buning aksi, ya’ni erkaklar jamoalari uchun 16, ayollar uchun esa 12 ta kvota belgilangan edi. Bu yildan ayollar futboliga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Shu bois 2028-yilgi Olimpiya o‘yinlarida ayollar jamoasi uchun ko‘proq kvota belgilangani xabar qilingan.

Ma’lumot uchun, 2024-yilgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston U-23 terma jamoasi ham qatnashgan edi. Temur Kapadze boshchiligidagi futbolchilar guruhda Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasiga qarshi bahs olib borgan va 1 ochko to‘plagan holda musobaqadagi ishtirokini yakunlagan.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting