Lorenzo Pellegrini APLga yo‘l olishi mumkin
Photo: Getty Images
"Roma" yarim himoyachisi Lorenzo Pellegrini faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin, deb xabar bermoqda jurnalist Nicolo Schira.
Manbaga ko‘ra, 29 yoshli italiyalik futbolchiga APL klubi qiziqish bildirmoqda. O‘yinchining o‘zi bu taklifni ko‘rib chiqadi. Hozirda "Roma" 2026 yil yozida shartnomasi yakuniga yetadigan Pellegrini bilan bitimni uzaytirish bo‘yicha muzokara olib bormayapti.
Avvalroq unga "Boca Juniors" klubi ham qiziqish bildirgani xabar qilingandi.
Pellegrini 2024/25 yilgi mavsumda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Bahrom Bobonov
Redaktor