Londonning ikki klubi Williams uchun da'vogar
Joriy mavsumda Nico Williams basklar safida 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
ФОТО: Getty images
Londonning “Chelsea” va “Tottenham” klublari qishki transfer oynasida “Athletic” hujumchisi Nico Williamsni olib kelmoqchi. Bu haqda Fichajes nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ikki klub Yevro-2024 chempioni bo‘lgan 23 yoshli ispaniyalik vinger uchun 70 mln yevroni to‘liq to‘lashni taklif qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning yozida Williams “Barcelona”ga o‘tishga yaqin kelgandi, ammo transfer amalga oshmagan va futbolchi o‘z klubi bilan 2035 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolagandi.
Joriy mavsumda Nico Williams basklar safida 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma qayd etdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist