locale OZ

Londonning ikki klubi Sunset uchun da’vogar

Futbolchining "Atletik" bilan amaldagi shartnoma muddati 2032 yil iyun oyi oxirida tugaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Londonning ikki klubi Sunset uchun da’vogar
ФОТО: Getty images

"Atletik" klubi havbeki Oyan Sunset Ispaniya chempionatini Angliya Premer-ligasiga almashtirishi mumkin. Bu haqda Fichajes xabar berdi.

Manbaga ko'ra, “Arsenal” va “Tottenxem” jamoalari 25 yoshli yarim himoyachini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Sunsetning basklar bilan tuzgan mehnat shartnomasida 80 million yevro miqdorida tovon puli bandi ko'rsatilgan.

Futbolchining "Atletik" bilan amaldagi shartnoma muddati 2032 yil iyun oyi oxirida tugaydi.

Ispaniyalik futbolchi joriy mavsumda beshta uchrashuvda ishtirok etdi va o'z hisobiga bitta gol yozdirib qo'ydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting