locale OZ

London klubi Rodrigo transferi uchun 85 mln yevro taklif qildi

Unga “Manchester Siti” va “Liverpul” ham qiziqish bildirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
London klubi Rodrigo transferi uchun 85 mln yevro taklif qildi
ФОТО: Getty images

Madridning “Real” klubi futbolchisi Rodrigo Goes faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fichajes nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, braziliyalik vingerga “Tottenhem” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Unga ko‘ra, londonliklar Rodrigoni qishki transfer oynasi vaqtida jamoaga olib kelishni istamoqda. Buning uchun ingliz klubi “Real”ga 85 million yevro to‘lashga tayyor ekanligini bildirgan.

O‘z navbatida, futbolchining o‘zi ham faoliyatini boshqa jamoada davom ettirmoqchi. U jahon chempionati oldidan yuqori formaga kirishni istamoqda.

Rodrigaga nafaqat “Tottenhem”, balki “Manchester Siti” va “Liverpul” ham qiziqish bildirmoqda.

Forvard joriy mavsum “Real Madrid” safida jami 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita golli uzatma muallifiga aylangan. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting