locale OZ

«Lokomotiv»ga qarshi nazorat uchrashuvlari oʻtkazildi

OKMK jamoasi navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻini doirasida Toshkentning «Lokomotiv» klubiga qarshi ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
«Lokomotiv»ga qarshi nazorat uchrashuvlari oʻtkazildi
photo: OKMK fk

Bugun OKMK jamoasi navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻini doirasida Toshkentning «Lokomotiv» klubiga qarshi ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Mazkur bahslar davomida murabbiylar shtabi futbolchilarning jismoniy holatini baholash, turli taktik yechimlarni amalda sinovdan oʻtkazish hamda tarkibdagi kombinatsiyalarni koʻzdan kechirish imkoniga ega boʻldi.

Birinchi uchrashuvda vakillarimiz 2:1 hisobida magʻlub boʻlishdi. Jamoamiz safidagi yagona golga 22-daqiqada Ali Abdurahmonov mualliflik qildi.

Ikkinchi bahsda ham murabbiylar shtabi tarkibda bir qator oʻzgarishlarni amalga oshirdi. Yakunda «Lokomotiv» 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Nazorat uchrashuvlari natijasidan qatʼi nazar, mazkur bahslar murabbiylar shtabiga jamoaning ayni paytdagi holatini baholash, mavjud kamchiliklarni aniqlash va mavsumoldi tayyorgarlikning keyingi bosqichlari uchun zarur xulosalar chiqarish imkonini berdi.

Nazorat o’yini. 1-o’yin
OKMK — «Lokomotiv» 1:2
Gollar: Ali Abdurahmonov (22) — Ilya Yelichich (9), Jafar Bahodirov (25)

Birinchi o’yin tarkibi: Hamidullo Abdunabiyev — Eldorbek Begimov, Abubakr Rizo Turdialiyev, Shahzod Toirov, Ahmadullo Muqimjonov — Abror Sarimsoqov, Rian İslomov Hazratjon Tursunqulov — Nodirbek Abdurazzoqov, Ali Abdurahmonov, Faridjon Abdullayev

Nazorat o’yini. 2-o’yin
OKMK — «Lokomotiv» 0:2
Gollar: Temurxo’ja Abduxoliqov (16), (38)

lkkinchi o’yin tarkibi: Javohir İlyosov, Dilshodbek Ahmadaliyev, Abror Karimov, Giorgi Papava, Avazbek O’lmasaliyev, Saidafzalxon Ahrorov — Siavash Haqnazari, Arihiro Sentoku — Aziz Xolmurodov, Urosh Koyich, Asad Sobirjonov

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting