locale OZ

Logan Pol Syorlotni tanqid qildi: \"Bu pasni bermaslikning iloji yo‘q edi\"

Logan Pol ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Syorlotning Erling Holandga pas bermay, o‘zi zarba bergan vaziyatiga munosabat bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Logan Pol Syorlotni tanqid qildi: "Bu pasni bermaslikning iloji yo‘q edi"
Foto: Getty Images

Amerikalik bloger, WWE yulduzi va bokschi Logan Pol JCh-2026 chorak finalida Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Syorlotning qarorini tanqid qildi.

Logan Pol ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Syorlotning Erling Holandga pas bermay, o‘zi zarba bergan vaziyatiga munosabat bildirib, norvegiyalik futbolchi to‘g‘ri qaror qabul qilmaganini ta'kidladi.

"Bunday vaziyatda pas bermaslikning iloji yo‘q edi. Bu katta xato bo‘ldi", — deb yozdi Logan Pol.

Eslatib o‘tamiz, mazkur epizod Norvegiya Angliyaga qarshi chorak final uchrashuvida yuz bergan. Syorlot qulay vaziyatda bo‘sh turgan Erling Holandga uzatma berish o‘rniga o‘zi zarba yo‘llagan, biroq to‘p himoyachiga tegib qaytgan. Oradan ko‘p o‘tmay Angliya hisobni tenglashtirib, qo‘shimcha bo‘limlarda 2:1 hisobida g‘alaba qozongan va yarim finalga yo‘l olgan.

Mazkur vaziyatdan so‘ng Syorlot ijtimoiy tarmoqlarda keskin tanqid ostida qoldi. Futbolchining o‘zi esa uchrashuvdan keyin dastlab Holandga pas uzatishni rejalashtirganini, biroq himoyachi uzatma yo‘lini to‘sib qo‘ygan deb hisoblagani uchun zarba berishga qaror qilganini ma'lum qilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting