locale OZ

Loftus-Chik uchun mavsum yakunlandi — manba

«Milan» yarimhimoyachisi «Parma»ga qarshi oʻyinda jiddiy jarohat oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Loftus-Chik uchun mavsum yakunlandi — manba
FOTO: Getty Images

«Milan» yarimhimoyachisi Ruben Loftus-Chik Italiya A Seriyasining 26-turida «Parma»ga qarshi bahsda (0:1) olgan og‘ir jarohati tufayli joriy mavsumda boshqa maydonga tusha olmasligi mumkin.

Uchrashuvning 8-daqiqasida angliyalik futbolchi Aleksis Salemakersning uzatmasidan so‘ng to‘p uchun kurashda raqib darvozaboni Edoardo Korvi bilan to‘qnashib ketdi. Zarbadan so‘ng Loftus-Chik maydonga quladi va bo‘yni maxsus korset bilan fiksatsiya qilingan holda zambilda olib chiqib ketildi.

Sky Sport Italia xabariga ko‘ra, dastlabki tibbiy ko‘rik natijalari quyidagilarni aniqladi:

  • Yuqori jag‘dagi kamida ikkita tishning sinishi;
  • Peshona va yuz qismidagi ikkita chuqur yara;
  • Ijobiy holat shundaki, futbolchi hushini yo‘qotmagan va unda miya chayqalishi kuzatilmagan.

Yaqin vaqt ichida futbolchi jag‘-yuz jarrohlik amaliyotini o‘taydi. Tishlarni barqarorlashtirish uchun maxsus vintlar yoki plastinalar o‘rnatilishi mumkin. Shuningdek, ma’lum muddat davomida futbolchi faqat zond orqali ovqatlanishiga to‘g‘ri keladi.

Hozircha Loftus-Chikning maydonga qaytish muddati noma’lumligicha qolmoqda, chunki bunday jarohat futbolchilar uchun xos emas. Katta ehtimol bilan, «rossonerilar» yarimhimoyachisi uchun mavsum yakunlandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting