locale OZ

“Liverpul”ning yozdagi asosiy transfer maqsadi ma'lum bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Liverpul”ning yozdagi asosiy transfer maqsadi ma'lum bo'ldi
FOTO: Getty Images

“Liverpul” yozgi transferlar vaqtida “Nyukasl”ning shvetsiyalik hujumchisi Aleksandr Isakni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “magpiylar” 25 yoshli futbolchi uchun kamida 120 million funt sterling talab qilmoqda.

Qayd etilishicha, mersisaydliklar Isakning transferi uchun xuddi shu mablag'ni to'lashga tayyor.

Ma'lumot uchun, Isak joriy mavsum barcha turnirlarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 26 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 100 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting