locale OZ

“Liverpul”ning Yankuba Minte bo‘yicha muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi

2 yoshli gambiyalik futbolchining transferi hozircha amalga oshmay qolishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Liverpul”ning Yankuba Minte bo‘yicha muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi
Foto: Getty Images

“Liverpul”ning “Brayton” vingeri Yankuba Minte bo‘yicha olib borayotgan muzokaralari hozircha ijobiy yakunlanmadi. Tomonlar so‘nggi bir sutka ichida transfer shartlari bo‘yicha kelishuvga yaqinlasha olmagan. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma’lumotiga tayanib xabar berildi.

22 yoshli gambiyalik futbolchining transferi hozircha amalga oshmay qolishi mumkin. “Liverpul” esa hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun bozordagi boshqa variantlarni ham o‘rganishda davom etmoqda.

Manbaga ko‘ra, Mersisayd klubining hujumdagi asosiy maqsadi hozircha PSJ vingeri Bredli Barkola bo‘lib qolmoqda. Shunga qaramay, “Liverpul” qanot uchun yana bir futbolchi bilan shartnoma imzolash niyatida.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt Yankuba Minteyning bozor qiymatini 45 million yevroga baholamoqda. Avvalroq 22 yoshli futbolchining “Liverpul”ga o‘tishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting