“Liverpul”ning sobiq futbolchisi faoliyatidagi eng qiyin raqibni aytdi: “Lionel Messi”
“Tottenhem” himoyachisi va “Liverpul”ning sobiq futbolchisi Endryu Robertson faoliyati davomida duch kelgan eng qiyin raqibini aytdi. Shotlandiyalik futbolchi “Stick to Football” dasturida bu borada Lionel Messini alohida ko‘rsatdi.
Robertson aynan 2019-yilgi Chempionlar ligasi yarim finalida “Kamp Nou”da Messiga qarshi o‘tgan uchrashuvni esladi. “Lionel Messi. Chempionlar ligasi yarim finali, “Kamp Nou”da”, — deya javob berdi himoyachi.
O‘sha bahsda “Barselona” “Liverpul”ni 3:0 hisobida mag‘lub etgan, Messi esa ikkita gol urgan edi. Argentinalik futbolchining ikkinchi goli jarima zarbasidan kiritilgan bo‘lib, bu uning “Barselona” safidagi 600-goli bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, “Liverpul” javob uchrashuvida “Barselona”ni “Enfild”da 4:0 hisobida mag‘lub etib, finalga yo‘l olgan. Keyinchalik mersisaydliklar finalda “Tottenhem”ni yengib, 2018/19-yilgi Chempionlar ligasi g‘olibiga aylangan.