locale OZ

“Liverpul”ning sobiq bosh murabbiyi Arne Slot UEFAda yangi lavozimga tayinlandi

Niderlandiyalik mutaxassis 2026/27-yilgi mavsumda Yevropa klublari ishtirokidagi musobaqalarni tahlil qilish bilan shug‘ullanadi.
“Liverpul”ning sobiq bosh murabbiyi Arne Slot UEFAda yangi lavozimga tayinlandi
Foto: Getty Images

“Liverpul”ning sobiq bosh murabbiyi Arne Slot UEFAning texnik kuzatuvchilar guruhiga qo‘shildi. Niderlandiyalik mutaxassis 2026/27-yilgi mavsumda Yevropa klublari ishtirokidagi musobaqalarni tahlil qilish bilan shug‘ullanadi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Slot Yevropa Chempionlar ligasi uchrashuvlarini kuzatib, jamoalarning taktik uslublari va murabbiylar qo‘llayotgan yangi yondashuvlarni o‘rganadi. U statistik ma’lumotlar hamda videoyozuvlar asosida texnik hisobotlar tayyorlashda ishtirok etadi.

UEFAning texnik kuzatuvchilar guruhidan Erik ten Hag, Ole-Gunnar Sulsher, Garet Sautgeyt, Tomas Frank va Rafael Benites kabi taniqli mutaxassislar ham o‘rin olgan. Mazkur lavozim bevosita murabbiylik faoliyatini nazarda tutmaydi. Slotning asosiy vazifasi o‘yinlarni tahlil qilish va futbol taktikasi rivojiga oid xulosalar tayyorlashdan iborat bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Arne Slot 2024-yilda “Liverpul” bosh murabbiyi etib tayinlangan va ilk mavsumidayoq jamoani Angliya Premyer Ligasi chempionligiga olib chiqqan. U 2026-yilning yozida klubni tark etgan. Mutaxassis avvalroq “Feyenoord” bilan Niderlandiya chempionligini qo‘lga kiritgan va 2022-yilda UEFA Konferensiyalar ligasi finaliga chiqqan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting