locale OZ

«Liverpul»ning Shlotterbek transferi boʻyicha pozitsiyasi maʼlum boʻldi

«Borussiya D» 26 yoshli futbolchini sotishga tayyor.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul»ning Shlotterbek transferi boʻyicha pozitsiyasi maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

«Liverpul» qishki transfer oynasida Dortmundning «Borussiya» klubi himoyachisi Niko Shlotterbekni sotib olish rejasidan voz kechdi. Bu haqda Mirror nashri Bild’ga tayanib xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «asalarilar» 26 yoshli futbolchini sotishga tayyor, chunki uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilda yakunlanadi va klub uni bepul qo‘yib yuborishni istamaydi. Shunga qaramay, Shlotterbek «Liverpul» uchun asosiy transfer maqsadi hisoblanmayapti.

Eslatib oʻtamiz, Shlotterbek 2022 yil yozidan beri Dortmund klubida to‘p surmoqda. Joriy mavsumda u barcha turnirlar doirasida 14 ta o‘yinda ishtirok etib, ikki bor golli uzatma berdi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting