locale OZ

«Liverpul»ning Aleksander-Arnoldni ortga qaytarish borasidagi pozitsiyasi ma’lum bo‘ldi

Trent oʻtgan yozda «Real» safiga qoʻshilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul»ning Aleksander-Arnoldni ortga qaytarish borasidagi pozitsiyasi ma’lum bo‘ldi
FOTO: Getty Images

«Liverpul» jamoasining sobiq himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldning «Real Madrid»dagi moslashuv jarayoni qiyin kechayotganidan, bunga esa ko‘p jihatdan futbolchining jarohatlari sabab bo‘layotganidan xabardor. Shunga qaramay, klub tarbiyalanuvchisini ortga qaytarish mersisaydliklarning rejalariga kirmaydi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, «qizillar» lagerida jamoaning uzoq muddatli shakllanish jarayoni yakunlangan deb hisoblanmoqda. Shu sababli, hatto yozgi transfer oynasida Trentning transferi bo‘yicha imkoniyat tug‘ilgan taqdirda ham, «Liverpul» muzokaralarga kirishmoqchi emas. Klub rahbariyati hamon Konor Bredli va Jeremi Frimpongga ishonch bildirmoqda hamda ularni o‘ng qanot himoyasi uchun asosiy futbolchilar deb hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Trent o‘tgan yozda erkin agent sifatida «Liverpul»dan «Real»ga ko‘chib o‘tgan edi. Hozirga qadar u barcha musobaqalarda 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta samarali uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting