“Liverpul”ni yozgi transferlar vaqtida uch nafar hujumchi tark etishi mumkin
Angliyaning “Liverpul” klubi yozgi transferlar vaqtida uch nafar hujumchi bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqda jurnalist Florian Plottenberg xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Saudiyaning bir qator klublari urugvaylik hujumchi Darvin Nunesga qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, mersisaydliklarda yana ikki hujumchi bo'yicha ham taklif bor.
Qayd etilishicha, Diogo Jota va Luis Dias ham yozda jamoani tark etishi mumkin. Bu holatda yangi forvard topish “Liverpul” uchun ustuvor vazifaga aylanishi xabar qilinmoqda.
Ma'lumot uchun, Luis Dias joriy mavsum 49 ta o'yin o'tkazib, 17 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Nunes esa 46 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 7 ta assistni o'z nomiga yozdirib qo'ydi. Jota 36 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.