locale OZ

«Liverpul»ni boshqarishi mumkin boʻlgan yana ikki nomzod maʼlum boʻldi

Mersisaydliklar Arne Slotni iste'foga chiqarishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul»ni boshqarishi mumkin boʻlgan yana ikki nomzod maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

«Liverpul» Arne Slot ishdan bo‘shatilishi mumkin bo‘lgan taqdirda «Kristal Pelas» bosh murabbiyi Oliver Glasnerni uning o‘rniga nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar rahbariyati avstriyalik mutaxassisni yaqin kelajak uchun real variant deb biladi. «Qizillar» Glasner jamoani barqarorlashtirishga qodir va raqobatbardoshligini saqlab qoladi, deb hisoblamoqda.

Uzoq muddatli strategik tanlov sifatida «Liverpul» hozirda «PSJ»ni boshqarayotgan Luis Enrike nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda. Ispan mutaxassisi «sinovdan o‘tgan g‘olib, o‘zini o‘ylaydigan futbolchilarni boshqara oladigan va hujumiy prinsiplarga rioya qiladigan» murabbiy sifatida tavsiflanadi.

Eslatib oʻtamiz, Angliya chempionati 15-turidan so‘ng «Liverpul» 23 ochko to‘plab, 10-o‘rinda bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting