locale OZ

«Liverpul»ga Yildiz kerak

Avvalroq, “Yuventus” klubi APLning ikki jamoasidan tushgan taklifni rad etgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Liverpul" Yildiz uchun kurashga qo‘shildi
ФОТО: Getty images

"Liverpul" tarkibni kuchaytirish maqsadida "Yuventus" hujumchisi Kenan Yildizni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Caught Offside xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, turkiyalik 20 yoshli futbolchiga "Liverpul"dan tashqari "Chelsi" va "Arsenal" ham qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq, "Yuventus" klubi APLning ikki jamoasidan tushgan taklifni rad etgandi.

Hozirda klub va futbolchi o‘rtasida yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. Turinliklar uni 2030 yilgacha uzaytirilgan bitim orqali o‘z loyihasining muhim qismi sifatida saqlab qolishga ishonmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Yildiz 13 ta o‘yinda 3 ta gol va 4 ta assist qayd etdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting