locale OZ

«Liverpul»da Salohni oʻrnini bosishi mumkin boʻlgan asosiy nomzodlar roʻyxati eʼlon qilindi

Avvalroq misrlik hujumchi joriy mavsum oxirida mersisaydliklar safini tark etishini maʼlum qilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul»da Salohni oʻrnini bosishi mumkin boʻlgan asosiy nomzodlar roʻyxati eʼlon qilindi
FOTO: Getty Images

«Liverpul» klubi joriy mavsum yakunida jamoani tark etishini e’lon qilgan Muhammad Salohning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan futbolchilarni qidirishni boshladi. Jurnalist Fabris Xoukins misrlik yulduzga muqobil sifatida ko‘rilayotgan asosiy nomzodlar nomini ma’lum qildi.

«Maykl Olise barcha yirik Yevropa klublarining transfer ro‘yxatida birinchi o‘rinda turibdi, biroq «Bavariya» uni qo‘yib yubormoqchi emas. Shuningdek, Yan Diomand va Fransishku Konseysau kabi bir qator yosh iqtidorli futbolchilar ham kuzatuv ostiga olingan.

O‘tgan yili «mersisaydliklar» «Pari Sen-Jermen» a’zosi Bredli Barkolyaga qiziqish bildirgan edi. Hozirda u o‘z klubi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Yirik klublar ushbu muzokaralar jarayonini diqqat bilan kuzatib borishmoqda va agar tomonlar kelisha olmasa, vaziyatdan unumli foydalanib qolishga tayyor turibdi», — deb yozdi Xoukins o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq misrlik hujumchi joriy mavsum oxirida mersisaydliklar safini tark etishini eʼlon qilgandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting