Liverpulda paraddan keyin mashina omma orasiga kirib ketdi – jabrlanganlar bor
Liverpul shahrida APL g‘olibiga aylangan "Liverpul" klubi sharafiga o‘tkazilgan tantanali paraddan so‘ng yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Paradga bir milliondan ortiq muxlislar yig‘ilgan edi.
The Guardian nashrining xabar berishicha, parad yakunlanganidan ko‘p o‘tmay, yuqori tezlikda harakatlanib kelgan qora miniven odamlar to‘plangan joyga kirib ketgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, haydovchi hech qanday signal bermagan va bir nechta kishilarga to‘qnashgach, yugurib qochishga uringan. Shu paytda uning harakatlari yana bir bor odamlarga urilishi bilan yakunlangan.
"Bu haqiqiy dahshat edi. Faqat zarbalar va baqiriq-chuqiqlarni eshitdik", — dedi guvoh Garri Rashid PA Media nashriga bergan intervyusida. Uning ta'kidlashicha, bir necha kishi hushidan ketgan, og‘ir jarohatlanganlar ham bor.
Politsiya 53 yoshli liverpullik bir shaxsni ushhlab qolgan. Unga nisbatan tergov ishlari boshlangan, biroq hozircha u haydovchi ekani rasman tasdiqlanmagan. Tergov davom etmoqda.