locale OZ

«Liverpul» yozgi transferlar uchun to‘rt nafar yarimhimoyachidan iborat ro‘yxatni shakllantirdi

Liverpul» yozgi transferlar uchun to‘rt nafar yarimhimoyachidan iborat ro‘yxatni shakllantirdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» yozgi transferlar uchun to‘rt nafar yarimhimoyachidan iborat ro‘yxatni shakllantirdi
FOTO: Getty Images

«Liverpul» klubi yozgi transfer oynasida jamoa yarimhimoyasini sezilarli darajada kuchaytirishni rejalashtirmoqda va sotib olinishi mumkin bo‘lgan to‘rt nafar futbolchidan iborat qisqa ro‘yxatni tuzib chiqdi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Kristal Pelas» a’zosi Adam Uorton hamon mersisaydliklar ro‘yxatida yuqori o‘rinni egallab turibdi. Agar «burgutlar»ning futbolchi uchun belgilagan narxi «Liverpul» kutganiga mos kelsa, muzokaralar jadal davom etishi mumkin.

Shuningdek, «qizillar» skautlari «Monako» yarim himoyachisi Lamin Kamara hamda «Lans» futbolchisi Mamadu Sangarening o‘yinlarini ham kuzatib borishmoqda.

Bundan tashqari, «Liverpul» hamon «Brayton» vakili Karlos Balebaning imkoniyatlarini yuqori baholamoqda. Biroq, futbolchi uchun so‘ralayotgan 92,5 million yevro miqdoridagi mablag‘ transferga to‘sqinlik qilishi mumkin. Mersisaydliklar yozda bir nechta pozitsiyani kuchaytirishni maqsad qilgani sababli, bu narxni o‘ta yuqori deb hisoblamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting