«Liverpul» yozda «Real» yulduzi bilan shartnoma imzolamoqchi
«Inter» Madridning «Real» klubi hujumkor yarimhimoyachisi Arda Gyulerni yozgi transfer oynasi uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda. Italiyaliklar 20 yoshli futbolchini kelayotgan yozdagi yulduzli transfer sifatida baholamoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, turkiyalik yarimhimoyachi hozirda bor e’tiborini «qaymoqranglilar» safidagi o‘yinlariga qaratgan va asosiy tarkib uchun kurashishni istamoqda. Qayd etilishicha, qishki transfer oynasida «Arsenal» Gyuler bo‘yicha murojaat qilgan, biroq futbolchi Ispaniya grandi safida qolishni ma’qul topgan.
Joriy mavsumda Arda Gyuler barcha musobaqalarda 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol va 10 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Futbolchining «Real» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, uning bozor qiymati 90 mln yevroni tashkil etadi.