«Liverpul» yozda Kyezani sotishga tayyor
“Liverpul” klubi yozda Federiko Kyezani sotish variantini ko‘rib chiqadi. Bu haqda Caught Offside xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar 28 yoshli vinger uchun 25–30 million yevro atrofida takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Futbolchi Angliya chempionatiga to‘liq moslasha olmadi. Mersisaydliklar esa Kyezani sotish orqali boshqa o‘yinchilarni o‘z safiga qo‘shib olishga sharoit yaratadi.
“Yuventus” sobiq futbolchisini ortga qaytarishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, “Roma” va “Napoli” da’vogarlar qatoridan o‘rin olgan.
Joriy mavsumda Federiko Kyeza barcha musobaqalarda 24 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli pas muallifi bo‘ldi. Futbolchi umumiy hisobda 392 daqiqa maydonda harakat qilgan. Uning “Liverpul” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Kyezaning bozor qiymati 18 million yevroni tashkil etadi.