locale OZ

«Liverpul» yozda Isakni sotib yuborishi mumkin

Isak “Liverpul” tarkibida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» yozda Isakni sotib yuborishi mumkin
ФОТО: Getty images

“Liverpul”ning sobiq yarim himoyachisi Ditmar Xamann shved hujumchisi Aleksander Isak atrofidagi vaziyatga o‘z munosabatini bildirdi.

Futbolchi mavsum boshida “Nyukasl”dan 130 million yevroga kelib qo‘shilgan edi, biroq kutilgan o‘yin saviyasini ko‘rsata olmayapti.

“Men “Liverpul” yanvarda kimnidir sotishiga ishonmayman, lekin agar Aleksander Isakning ishlari mart yoki aprelgacha yaxshilanmasa, ehtimol, yozda uni “Barselona” kabi klublarga sotish bo‘yicha muzokaralar boshlanadi.

Isakka talabgorlar ko‘p bo‘ladi, chunki u “Nyukasl”da o‘z mahoratini namoyon etdi. Bundan tashqari, ko‘p narsa [Ugo] Ekitikening formasiga ham bog‘liq, chunki agar u rivojlanishda davom etsa, Isak asosiy tarkibda mustahkam joy olishi qiyin bo‘ladi, faqat uni qanotda o‘ynashga majbur qilishmasa”, — deya Xamannning so‘zlarini keltiradi Goal.

Hozirga qadar Isak “Liverpul” tarkibida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting